Valyuta kurslari 21/01/2025
$1 – 12975.09
UZS – 0,06%
€1 – 13373.43
UZS – 0,16%
₽1 – 127.63
UZS – 0,9%
Qidirish
O‘zbekiston 20/01/2025 Janubiy Koreya kompaniyasi Toshkent viloyatida tibbiy klaster qurishi mumkin

Janubiy Koreya kompaniyasi Toshkent viloyatida tibbiy klaster qurishi mumkin

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Mazkur loyihani amalga oshirish maqsadida Zoyir Mirzayev Janubiy Koreyaning “Xayean Arkitekche” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Dastlab, kompaniya direktori Gong Gibum tomonidan taqdim qilingan Yuqori Chirchiq tumanida “Aqlli tibbiyot klasteri”ni tashkil etish loyihasi bilan yaqindan tanishildi.

Unda zamonaviy, xalqaro standartlarga mos keladigan, tibbiyot yo‘nalishdagi turistlarni qabul qiladigan yirik muassasa, shoshilinch tibbiy yordam markazi, Koreyaning nufuli xalqaro tibbiyot universiteti filiali, mazkur yo‘nalishdagi xalqaro maktab va maktabgacha ta’lim muassasasi, biznes va savdo markazi, mexmonxonalar, ko‘p qavatli uy-joy majmuasi qurilishi muhokama qilindi.

Uchrashuv davomid yana bir qator bildirilgan takliflar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, viloyat rahbari tomonidan kompaniya vakillariga ushbu loyihaga, viloyat hokimligi tomonidan har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyorligi ta’kidlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling