Valyuta kurslari 24/04/2025
$1 – 12890.43
UZS – 0,09%
€1 – 14720.87
UZS – -0,55%
₽1 – 156.04
UZS – -1,48%
Qidirish
Iqtisod 12/04/2025 Jahon bankining LPI indeksini yurituvchi ekspertlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Jahon bankining LPI indeksini yurituvchi ekspertlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi direktor o‘rinbosari Aziz Xujanov hamda Jahon bankining logistika samaradorligi indeksi (LPI) ni yurituvchi ekspertlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston logistika samaradorligi indeksi ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar va ularning natijalari muhokama etildi.

Mamlakatimiz transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish borasida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida O‘zbekistonning LPI xalqaro reytingidagi o‘rni 2016-yildagi 118-o‘rindan 2023-yilda 88-o‘ringa ko‘tarildi.

Uchrashuv davomida Jahon banki katta iqtisodchisi Kristina Viyederer hamda Ernani Argolo O‘zbekiston logistika samaradorligi indeksi ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha o‘z maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi hamda ushbu yo‘nalishda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashdi.

Kristina Viyederer 2023-yildan e’tiboran Jahon bankiga a’zo mamlakatlarning LPI reytingi yangi metodologiya asosida yuritilish boshlanganini ta’kidlab o‘tdi. Yangi uslubiyat ta’minot zanjirini kuzatish ma’lumotlari asosida yuritiladi. Ekspertlar yangi LPI metodologiyasining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlariga (KPI) to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston logistika samaradorligi indeksi ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar:

- transport-logistika sohasidagi Markaz tomonidan amalga oshirilgan tahlillar va o‘rganishlarni LPI yurituvchi ekspertlar bilan almashish;

- transport-logistika sohasida malaka oshirish kurslarini davlat miqyosida tashkil etish;

- O‘zbekiston transport-logistika sohasini tartibga soluvchi qonun-qoidalar haqida ma’lumot almashish maqsadida mutaxassislar bilan uchrashuvlar tashkil etish.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling