Valyuta kurslari 20/12/2024
$1 – 12875.06
UZS – 0,1%
€1 – 13406.80
UZS – -0,67%
₽1 – 124.75
UZS – -0,57%
Qidirish
Moliya 18/12/2024 Jahon banki vakillari bilan kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishda innovatsiyalarning o‘rni to‘g‘risida fikr almashildi

Jahon banki vakillari bilan kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishda innovatsiyalarning o‘rni to‘g‘risida fikr almashildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jahon banki vakillari bilan MUNIS – O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida kichik va o‘rta biznes subyeklarining innovatsion loyihalarini amalga oshirishda ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv mobaynida Jahon banki vakillari dasturda ishtirok etish uchun ariza topshirgan kichik va o‘rta biznes subyeklarining biznes g‘oyalari saralab olinishi hamda loyihani tadqiqot va ishlanmalar (R&D) bosqichidan boshlab tijoratlashtirish bosqichiga qadar bo‘lgan jarayonda hamrohlik qilish va birgalikda moliyalashtirish mexanizmlari haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Ushbu MUNIS loyihasi doirasida hududlarda kichik va o‘rta biznes subyeklarining innovatsion loyihalarini amalga oshirishda ko‘maklashish imkoniyatlari haqida fikr almashildi.

Shuningdek, muhokamalar davomida kelgusida Iqtisodiyot va moliya vazirligi ishtirokida MUNIS loyihasining II fazasini shakllantirish va uni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish hamda tegishli takliflar tayyorlash yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonda innovatsiyalar va startap-loyihalar ekotizimi va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish borasida tahlillar o‘tkazish, mavjud holatni baholash, xalqaro tajribani o‘rgangan holda tegishli amaliy takliflar tayyorlash masalalari ham muhokama qilinib, Jahon banki ko‘magida xalqaro ekspert jalb qilishga kelishilib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling