Valyuta kurslari 31/01/2025
$1 – 12957.01
UZS – -0,09%
€1 – 13485.66
UZS – -0,05%
₽1 – 132.13
UZS – -0,14%
Qidirish
Iqtisod 01/02/2025 Jahon banki vakillari bilan hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi

Jahon banki vakillari bilan hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo uchun infratuzilma loyihalari bo‘yicha mintaqaviy direktori Charlz Kormier boshchiligidagi delegatsiya vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Uchrashuvda Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakova, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosarlari, Xurshed Mustafayev, Umid Abidxadjayev va Samandar Sadullayev hamda boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdi.

Muloqot davomida tomonlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, yashil energiyadan foydalanishni kengaytirish, energiya samaradorlikni oshirish, elektr uzatish tarmoqlarini takomillashtirish hamda ushbu sohalarda hamkorlik istiqbollari va natijaga yo‘naltirilgan dasturlar orqali faoliyat olib borish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, muhokamalar davomida issiqlik ta’minoti sohasida transformatsiya va keng islohotlarni amalga oshirish hamda barqaror issiqlik ta’minoti tizimini shakllantirish, issiqlik nasoslaridan foydalanishni kengaytirish, energiya samaradorlikni oshirishdagi muvaffaqiyatli xalqaro tajribalar va samarali loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash hamda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda tizimli va samarali faoliyat olib borishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling