Valyuta kurslari 30/05/2025
$1 – 12768.26
UZS – -0,49%
€1 – 14400.04
UZS – -0,98%
₽1 – 162.63
UZS – 0,97%
Qidirish
O‘zbekiston 29/05/2025 Italiya Bosh vaziri Samarqandga keldi

Italiya Bosh vaziri Samarqandga keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni 28-may kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida Bosh vazirni davlatimiz rahbari kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 29-may kuni bo‘lib o‘tadi.

Oliy darajadagi muzokaralar va boshqa qator ikki tomonlama tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling