Valyuta kurslari 11/07/2025
$1 – 12634.34
UZS – -0,15%
€1 – 14821.34
UZS – -0,01%
₽1 – 162.37
UZS – 0,3%
Qidirish
O‘zbekiston 19/06/2025 Istanbulda qidiruvdagi jinoyatchi ayol qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi

Istanbulda qidiruvdagi jinoyatchi ayol qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Turkiya Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamkorligida yirik tezkor-qidiruv tadbiri amalga oshirildi. Ushbu hamkorlik natijasida Oʻzbekiston hududida jinoyat sodir etgan va qidiruvga berilgan shaxs qoʻlga olindi.

Jinoyatni fosh etishda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaning birinchi kotibi — ichki ishlar masalalari boʻyicha aloqa ofitseri oʻrtasidagi samarali hamkorlik muhim ahamiyat kasb etdi.

Maʼlumotlarga koʻra, 1981-yilda tugʻilgan I.U. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi boʻyicha Namangan viloyati IIB tomonidan qidiruvga berilgan. Tezkor maʼlumotlar asosida u Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida yashirinib yurganligi aniqlandi.

Mazkur shaxs joriy yilning 17-iyun kuni Turkiya hududida qoʻlga olinib, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilindi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling