Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Dekabr oyining birinchi haftasida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Namangan viloyati tuman va viloyat hokimliklari vakillaridan iborat delegatsiya Shinjon-Uyg‘ur Avtonom respublikasi va Pekin shahriga tashrif buyurdi.
Tashrif Namangan viloyatidagi loyihalarga toʻgʻridan-toʻgʻri Xitoy sarmoyasini jalb qilish boʻyicha investorlar bilan bevosita muzokaralar olib borish maqsadida tashkil qilind. Vazirlikning ushbu tashabbusi tizimli xarakterga ega – tashrifdan oldin barcha imkoniyatlar chuqur tahlil qilindi va taqdim qilish uchun aniq loyihalar ishlab chiqildi.
Tashrif doirasida Shinjon-Uyg‘ur avtonom respublikasining Fulong va Urumchi shaharlari hamda Pekin shahrida Xitoyning "Hunan Zhongwei Group", "Fulong Four Season", "Xinjiang Tianshan", "Jinmo Camel Biotechnology", "BJ Supply Chain Managament", "Shaoxing Zhonglu", "Yang Yexuan Wantai", "Shenzhen Decoration Group", "New Energy Agriculture", "Zhuanghuayiliao", "GCL Group", "China Gansu International Economic and Technical Cooperation Co", "Sichuan Commercial Investment Group" va boshqa yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilib, Namangan viloyatida loyihaviy tashabbuslarni amalga oshirishning amaliy tafsilotlari muhokama qilindi.
Xitoy kompaniyalari vakillariga O‘zbekistonda tadbirkorlarning qulay faoliyat yuritishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imtiyoz va preferensiyalar, investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qonunchilik kafolatlari taqdim etildi. Xitoy kompaniyalari vakillari mamlakatimizdagi ishbilarmonlik muhitini yuqori baholab, O‘zbekistonning Xitoy ishbilarmon doiralarida sarmoya kiritish uchun eng ishonchli yo‘nalishlardan biri sifatida mashhurligini ta’kidladilar.
Muzokaralar chog‘ida turizm, tibbiyot va infratuzilmani rivojlantirish, meva-sabzavotlarni qayta ishlash, chorvachilik, avtomobilsozlik, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, qurilish materiallari, quyosh va shamol elektr stansiyalari uchun uskunalar ishlab chiqarish kabi sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Vazirlik xitoylik hamkorlarga loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlarida toʻliq va har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyorligi bildirildi.
Shuningdek, tashrif doirasida 6-dekabr kuni Pekin shahrida Xitoyning 20 dan ortiq yirik kompaniyalari rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Xitoy tomoni taqdim etilgan loyihalarga katta qiziqish bildirdi. B2B formatida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda joylarda loyihalarni batafsil ishlab chiqish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar kelishib olindi.
Umuman olganda, xitoylik hamkorlar taʼkidlaganidek, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va qator “success stories" tufayli Oʻzbekistonga investitsiyalar kiritish va biznesni kengaytirish Xitoy biznes hamjamiyati orasida tendentsiyaga aylanib bormoqda.
Taʼkidlash joizki, toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha bunday ishlar har bir hududda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining mamlakatga yangi investorlarni jalb qilish maqsadida ISSV koʻmagida sayohat qilishi va muzokaralar olib borishi.