Valyuta kurslari 30/07/2025
$1 – 12500.01
UZS – -0,11%
€1 – 14471.26
UZS – -0,89%
₽1 – 151.96
UZS – -2,85%
Qidirish
Iqtisod 09/07/2025 Issiqxona gazlarining chiqarilishi cheklanadi

Issiqxona gazlarining chiqarilishi cheklanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Qonunga ko‘ra, issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash choralari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

davlat hisobini yuritish;

maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilash;

issiqxona gazlarining chiqarilishini qisqartirish va ularning tutib qolinishini oshirish bo‘yicha faoliyatni qo‘llab-quvvatlash.

Shuningdek, yuridik shaxslar, YATT va jismoniy shaxslar “yashil” loyihalarni amalga oshirish huquqiga ega.

O‘zbekiston hududida amalga oshiriladigan “yashil” loyihalar natijasida qisqartirilgan issiqxona gazlari davlat tomonidan to‘liq tasarruf etiladi.

“Yashil” loyihalar to‘g‘risidagi maʼlumotlar uglerod birliklari reyestriga kiritiladi.

Bundan tashqari, Qonunda “yashil” loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatilgan “yashil” loyihani bajarish natijasida hosil bo‘lgan uglerod birliklari verifikatsiya qilinishi ko‘zda tutilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling