Valyuta kurslari 11/07/2025
$1 – 12634.34
UZS – -0,15%
€1 – 14821.34
UZS – -0,01%
₽1 – 162.37
UZS – 0,3%
Qidirish
Iqtisod 11/07/2025 “Issiqliktaʼminoti” AJ Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlik qiladi

“Issiqliktaʼminoti” AJ Fransiya taraqqiyot agentligi bilan hamkorlik qiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Fransiya taraqqiyot agentligi (FAT) “Issiqlikta’minoti” davlat kompaniyasi bilan birgalikda Farg‘ona viloyatining “Qirguli massivida tuman issiqlik taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi bo‘yicha o‘zaro kelishuv Memorandumi imzolandi.

Hamkorlikdagi loyiha 2027-2029 yillarda 76 km issiqlik tarmog‘ini modernizatsiya qilish va 380 ta individual issiqlik punkti (IIP) o‘rnatishni o‘z ichiga oladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyihaning qiymati 39,9 million AQSH dollarini tashkil etadi. U amalga oshirilgandan so‘ng 317 ta ko‘p qavatli uy yoki 16 617 xonadon va 41 ta ijtimoiy soha obyekti markazlashgan issiqlik taʼminoti bilan taʼminlanadi.

Shu kabi loyihalarni Xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshirish Prezidentimizning 2025-yil 11-martdagi PQ-100-son qarorida ham keltirib o‘tilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling