Valyuta kurslari 14/01/2025
$1 – 12972.08
UZS – 0,12%
€1 – 13223.74
UZS – -0,91%
₽1 – 126.61
UZS – -0,91%
Qidirish
Iqtisod 13/01/2025 “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ 2024-yildagi faoliyati yakunlarining dastlabki ma’lumotlarini e’lon qildi

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ 2024-yildagi faoliyati yakunlarining dastlabki ma’lumotlarini e’lon qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yil yakuniga ko‘ra “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tarkibidagi issiqlik elektr stansiyalari tomonidan elektr energiyasi ishlab chiqarish rejasi ortig‘i bilan bajarildi.

Jumladan, o‘tgan yili tizim korxonalari tomonidan reja bo‘yicha 29,1 milliard kVt.soat elektr energiyasi o‘rniga, amalda 31,9 milliard kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bunda ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 110 foizga bajarilishiga erishildi.

Shuningdek, 2024-yilda korxonalar tomonidan 11,1 million Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarilib, tarmoqqa uzatildi.

2024-yil yakuniga ko‘ra yoqilg‘ini iqtisod qilish bo‘yicha rejadagi 700,5 million kubmetr tabiiy gaz o‘rnida, amalda 1 mlrd. kubmetr tabiiy gaz iqtisod qilindi yoki reja ko‘rsatkichi 147,9 foizga bajarildi.

Elektr energiyasi iqtisodi bo‘yicha rejadagi 117,8 million kVt.soat o‘rniga, amalda 163,5 million kVt.soat elektr energiyasi iqtisod qilinishiga erishildi yoki reja ko‘rsatkichi 138,8 foizga bajarildi.

Mahalliylashtirish dasturi doirasida 26 ta loyiha asosida qiymati 58,9 milliard so‘m bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda ushbu ko‘rsatkich 61,3 milliard so‘mga yoki 104,0 foizga bajarilishi ta’minlandi.

Kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha 200,0 milliard so‘m bo‘lgan ko‘rsatiladigan xizmatlar va mahsulotlar xaridini amalga oshirish rejalashtirilgan edi, yil yakuni bilan ushbu ko‘rsatkich 209,4 milliard so‘mga yoki 104,7 foizga bajarildi.

Mahalliylashtirish dasturi hamda kooperatsiya aloqalari hisobiga importni qisqartirish ko‘rsatkichi 20,1 million AQSH dollari qiymatida prognoz qilingan bo‘lib, amalda 21,0 million AQSH dollari iqtisod qilindi yoki reja 104,2 foizga bajarilishi ta’minlandi.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan 2024-yilda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan investitsiya loyihalari doirasida reja bo‘yicha 616,94 million AQSH dollari o‘zlashtirilishi lozim edi. Amalda 646,14 million AQSH dollari o‘zlashtirilishi ta’minlandi. Bunda ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 104,7 foizga bajarilishiga erishildi.

2024-yil may oyida “Toshkent IEMda quvvati 32 MVtga teng bo‘lgan 2 ta gaz turbina qurilmasini qurish” investitsiya loyihasi ishga tushirildi.

Shu bilan birga, 2024-yil 13-dekabrda “Toshkent shahrining issiqlik ta’minoti so‘nggi nuqtalarida joylashgan 6 mahallalarida kogeneratsiya loyihalarini amalga oshirish” investitsiya loyihasi doirasida Olmazor tumanida kogeneratsiya loyihasi muvaffaqiyatli ishga tushirildi.

Ayni paytda Tolimarjon IESda umumiy quvvati 1065 MVT va Navoiy IES da umumiy quvvati 650 MVt bo‘lgan zamonaviy bug‘ gaz qurilmalari bunyod etish ishlari davom ettirilmoqda.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ oldida turgan muhim vazifalardan biri - bu mahsulot tannarxini pasaytirish hisoblanadi, shu maqsadda olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 2024-yilda mahsulot tannarxi 1,6 trillion so‘mga pasaytirish rejalashtirilgan edi, amalda esa 1,95 trillion so‘mga pasaytirildi, bunda reja 118 foizga bajarildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling