Valyuta kurslari 04/03/2025
$1 – 12897.20
UZS – 0,06%
€1 – 13449.20
UZS – 0,36%
₽1 – 144.65
UZS – -1,24%
Qidirish
O‘zbekiston 04/03/2025 Irakliy Kobaxidze «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurdi

Irakliy Kobaxidze «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi.

Yuqori martabali mehmon boshchiligidagi Gruziya delegatsiyasiga majmuaning meʼmoriy yechimlari, kompozitsion mazmuni va xususiyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Mehmonlar memorial majmuadan katta taassurot oldilar.

Taʼkidlash joizki, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilgan ushbu ulug‘vor majmua bilan tanishish anʼanaviy tarzda yurtimizga tashrif buyurayotgan yuqori martabali mehmonlar va rasmiy delegatsiyalar dasturidan joy olgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling