Valyuta kurslari 26/12/2024
$1 – 12928.27
UZS – 0,14%
€1 – 13462.21
UZS – 0,35%
₽1 – 129.66
UZS – 0,44%
Qidirish
Moliya 23/11/2024 Iqtisodiyot va moliya vazirligida OTB vakillari bilan yashil moliyalashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Iqtisodiyot va moliya vazirligida OTB vakillari bilan yashil moliyalashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 22-noyabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tijorat banklari orqali xususiy sektorda "yashil" iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirish uchun bozor mexanizmi tamoyilida moliyaviy mablag‘larni ajratish va "yashil" iqtisodiyotga o‘tishning boshqa yo‘nalishlari muhokama qilindi.  

Bundan tashqari, missiya doirasida mamlakatning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha islohotlar kun tartibi, ustuvor yo‘nalishlari, hamda mazkur yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar va resurslari bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash va rejalashtirilgan loyihalar bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling