Valyuta kurslari 20/12/2024
$1 – 12875.06
UZS – 0,1%
€1 – 13406.80
UZS – -0,67%
₽1 – 124.75
UZS – -0,57%
Qidirish
Moliya 14/11/2024 Ipoteka kreditini qayta moliyalash kompaniyasi tomonidan 250 milliard so‘mlik obligatsiyalar chiqarildi

Ipoteka kreditini qayta moliyalash kompaniyasi tomonidan 250 milliard so‘mlik obligatsiyalar chiqarildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Toshkent” fond birjasi boshqaruvi Ipoteka kreditlarini qayta moliyalash kompaniyasi obligatsiyalarining yangi emissiyasini savdoga qo‘yishga ruxsat berdi, deb xabar bermoqda birjaning rasmiy sayti.

Obligatsiyalar Bond Market ro'xatiga IQMK3V4 belgisi ostida kiritilgan. Har birining nominal qiymati 1 million so‘m bo‘lgan 250 ming dona obligatsiyadan iborat.

Obligatsiyalarning kupon stavkasi har chorakda to'lanadigan foizlar bilan yillik 19% qilib belgilangan. Qimmatli qog'ozlarning muomala muddati 1094 kunni tashkil etadi, bu uch yilga teng.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling