O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Iordaniya Podshohini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

UzDaily · 26.08.2025 · 15:21 · 466 views
Iordaniya Podshohini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

Iordaniya Podshohini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Bugun, 26 avgust kuni Samarqand shahrida tashrifning asosiy tadbirlari Iordaniya rahbarini rasmiy kutib olish marosimidan boshlandi.

Kongress markazi binosi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Prezidenti oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.

Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi.

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiya a’zolarini qutladilar.