Investitsiyalar vaziri Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi rahbari bilan uchrashdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Shu yilning 4-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi (AUCC) raisi Kerolin Lemm bilan uchrashdi.
Asosiy e'tibor savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, Amerika investitsiyalarini jalb qilish, joriy yilning iyun oyida Toshkent shahrida AUCC tarkibiga kiruvchi kompaniyalar hamda Oʻzbekiston va AQShning yirik biznes vakillari ishtirokida biznes-forum oʻtkazish masalalariga qaratildi.
Tomonlar Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi bilan hamkorlikni mustahkamlash ikki tomonlama savdo aloqalarini kengaytirish, O‘zbekiston bozoriga yangi investorlarni jalb etish va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.