Valyuta kurslari 24/01/2025
$1 – 12979.13
UZS – -0,08%
€1 – 13513.87
UZS – -0,42%
₽1 – 131.22
UZS – -0,49%
Qidirish
Iqtisod 23/01/2025 Investitsiyalar va investitsiya faoliyatining huquqiy asoslari yanada takomillashtirilmoqda

Investitsiyalar va investitsiya faoliyatining huquqiy asoslari yanada takomillashtirilmoqda  

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatning uchinchi yalpi majlisida “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Mazkur Qonun investitsiya faoliyati sohasidagi yagona davlat siyosatini, xususan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni amalga oshirish chog‘ida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.

Qonunda mamlakatimizda qulay investitsiyalar muhitini yaratish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni faol jalb qilish, shuningdek, mahalliy va xorijiy investor hamda tadbirkorlarning huquqlarini kafolatlash nazarda tutilgan.

Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish, aholining sog‘lig‘ini saqlash, sifatli taʼlim, tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini taʼminlash, qayta ishlash va ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, shuningdek inson huquqlari himoya qilinishini taʼminlash ham ushbu Qonunning maqsadlaridan hisoblanadi.

Bundan tashqari, investitsiyalar va investitsiya faoliyatiga oid asosiy tushunchalar, prinsiplar va maqsadlar belgilanmoqda. Xususan, investitsiyalash erkinligi, ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash, biznesni boshqarish erkinligi hamda mablag‘larni erkin tasarruf etishga doir kafolatlar belgilanmoqda.

Qonun bilan investitsiya hajmiga ko‘ra kichik, o‘rta, yirik, strategik investitsiya loyihalariga imtiyozlar berish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, investitsiyalarni rag‘batlantirish choralari va imtiyozlar doirasi kengaytirilmoqda. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonada ustav fondining chet el investitsiyalarini tashkil etishi lozimligi to‘g‘risidagi miqdor 15 foizdan 10 foizga tushirilmoqda.

Qonunning qabul qilinishi mahalliy va xorijiy investorlarga «yagona darcha» tizimi orqali vakolatli davlat organiga investitsiya takliflari bilan murojaat qilish imkoniyatlarini yaratishga, shuningdek, ularga nisbatan adolatli va teng huquqli tarzda munosabatda bo‘lishga, ularning kafolatlari, huquq va majburiyatlarini davlat tomonidan munosib qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling