Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
Moliya 13/02/2025 Investitsiya loyihalarini amalga oshirish mexanizmlari takomillashtiriladi

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish mexanizmlari takomillashtiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2025 yilda xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (XMI/XHMT) ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha quyidagi maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi:

davlat kafolati ostida jalb qilinadigan kreditlar hisobidan belgilangan miqdoridagi mablag‘larni o‘zlashtirish;

kafolatlanmagan kreditlar hisobidan belgilangan miqdoridagi mablag‘larni o‘zlashtirish;

belgilangan miqdoridagi istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish.

Mazkur maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishni taʼminlash uchun xalqaro XMI/XHMT ishtirokidagi investitsiya loyihalari bilan ishlash bo‘yicha Favqulodda shtab va uning hududiy shtablari tashkil etiladi.

XMI/XHMT ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish guruhlarini tuzish amaliyoti 2025 yil 1 martdan bosqichma-bosqich tugatiladi va barcha funksiyalari Loyihani ijro etuvchi agentliklarning tegishli bo‘linmalariga yuklatiladi.

2025 yil 1 iyungacha “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ekspertizadan o‘tkazilib, XMI/XHMT tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar doirasida elektron xaridlarni amalga oshirish bo‘yicha maxsus axborot portali ishga tushiriladi hamda raqamli xarid tartib-qoidalariga o‘tiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling