Valyuta kurslari 23/04/2025
$1 – 12878.96
UZS – -0,24%
€1 – 14801.79
UZS – -0,71%
₽1 – 158.39
UZS – -0,85%
Qidirish
Iqtisod 18/04/2025 Incheon Airport Urganch aeroportini modernizatsiya qiladi

Incheon Airport Urganch aeroportini modernizatsiya qiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Koreyaning Incheon International Airport Corporation kompaniyasi davlat-xususiy sheriklik doirasida Urganch xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish bilan shug‘ullanadi. Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berishicha, tenderning barcha bosqichlari yakunlanib, uning natijalariga ko‘ra aynan shu korporatsiya g‘olib deb topilgan.

Tender 2024 yil 1 avgust kuni eʼlon qilingan bo‘lib, ikki bosqichda o‘tkazildi: dastlab kompaniyalar malakali saralab olindi, keyin esa takliflar ko‘rib chiqildi. Jami sakkizta kompaniya ishtirok etgan tender finaliga beshta kompaniya chiqqan.

G‘olibni idoralararo tender komissiyasi aniqladi.

Loyiha shartlariga muvofiq, xususiy sherik yo‘lovchi va yuk terminallarini qurish va ekspluatatsiya qilish, shuningdek, yerda xizmat ko‘rsatish ishlarini tashkil etish uchun javobgar bo‘ladi. Davlat tomoni esa aerodrom infratuzilmasi — uchish-qo‘nish yo‘lagi va perronni qurish va boshqarishni o‘z zimmasiga oladi.

Kelgusi bosqich — davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimni imzolash bo‘lib, u 19 yillik konsessiya shaklida tuziladi.

Uzbekistan Airports taʼkidlashicha, tender xalqaro aeroport operatorlari orasida katta qiziqish uyg‘otgan. G‘olib bo‘lgan Inchxon aeroporti — Koreya Respublikasining asosiy havo darvozasi bo‘lib, Shimoliy-Sharqiy Osiyoning eng yirik transport xablaridan biri hisoblanadi va muntazam ravishda dunyodagi eng yaxshi aeroportlar reytingidan o‘rin oladi. 2024 yil yakunlariga ko‘ra, ushbu aeroport 70 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan. Kompaniya vakillari Urganch aeroporti professional jamoa orqali mamlakatdagi eng zamonaviy aeroportlardan biriga aylanishidan, yo‘lovchilar uchun qulay bo‘lishidan, Xorazm viloyatining sayyohlik jozibasini oshirishidan va O‘zbekiston aviatsiya sohasini yana-da rivojlantirishga hissa qo‘shishidan ishonch bildirishgan.

Aeroportni modernizatsiya qilish loyihasi 2024 yil 30 avgustdagi O‘zbekiston Prezidenti qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib, Uzbekistan Airports, Transport vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi ishtirokida amalga oshirilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling