Valyuta kurslari 09/01/2025
$1 – 12962.98
UZS – 0,11%
€1 – 13377.80
UZS – -0,92%
₽1 – 123.68
UZS – 2,21%
Qidirish
O‘zbekiston 08/01/2025 Ilyos Nurimbetov Qoraqalpog‘istonda shoshilinch tibbiy yordam filialiga rahbar etib tayinlandi

Ilyos Nurimbetov Qoraqalpog‘istonda shoshilinch tibbiy yordam filialiga rahbar etib tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Nurimbetov Ilyas Ansatbayevich Respublika tez tibbiy yordam markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali direktori lavozimiga tayinlandi.

Ilyos Nurimbetov 2008-yil Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialini tamomlagan. 2008 – 2010-yillarda Toshkent pediatriya tibbiyot institutining klinik ordinaturasida tahsil olgan.

U mehnat faoliyatini Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Nukus filiali tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori sifatida boshlab, keyinchalik ushbu bo‘lim mudiri bo‘lib ishlagan.

Ilyos Nurimbetov tayinlovga qadar O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi boshlig‘i lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.

Yangi rahbarga Qoraqalpog‘iston Respublikasida 162 ta tibbiy brigadani o‘z ichiga olgan “103” xizmati tezligi va sifatini oshirish, tizimni raqamlashtirish jarayonini takomillashtirish, muassasa faoliyatiga ilg‘or xalqaro tajribani tatbiq etish, zamon talablari asosida xodimlar bilim va malakasini oshirish kabi vazifalar yuklatildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling