Valyuta kurslari 18/03/2025
$1 – 12943.39
UZS – -0,08%
€1 – 14108.30
UZS – 0,36%
₽1 – 153.70
UZS – 1,7%
Qidirish
Iqtisod 18/03/2025 Ikkilamchi avtomobil bozori: elektromobil va xorijiy avtomobillar narxlari tushishi tezlashmoqda

Ikkilamchi avtomobil bozori: elektromobil va xorijiy avtomobillar narxlari tushishi tezlashmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) (https://t.me/ifmr_public) mutaxassislari tomonidan 2025-yilning fevral oyida ikkilamchi bozordagi avtomobillar narxlari o'zgarishi tahlil qilindi.

Mahalliy ommabop avtomobillar narxi. Joriy yilning fevral oyida mahalliy ommabop avtomobillarning o'rtacha narxi pasaydi. Xususan:
- "Onix": o'rtacha foydalanilgan - 3%ga ($13 500 dan $13 100 ga), kam foydalanilgan - 0,1%ga ($14 865 dan $14 850 ga); 
- "Lacetti": ko'p foydalanilgan - 0,3%ga ($13 500 dan $13 461 ga); 
-"Cobalt": o'rtacha foydalanilgan - 2,4%ga ($12 300 dan $12 000 ga), kam foydalanilgan - 1,2%ga ($12 750 dan $12 600 ga), ko'p foydalanilgan -  0,5%ga ($11 600 dan $11 538 ga); 
- “Nexia”: o‘rtacha foydalanilgan - 1,9%ga ($11 500 dan $11 284 ga); ko'p foydalanilgan - 0,9%ga ($10 800 dan $10 700 ga);
- "Spark": o‘rtacha foydalanilgan - 1%ga ($10 500 dan $10 400 ga),  ko'p foydalanilgan - 0,9%ga ($9 600  dan $9 500 ga); 
- "Damas": o‘rtacha foydalanilgan - 3,6%ga ($7 985 dan $7 000 ga), kam foydalanilgan - 0,8%ga ($8 061 dan $8 000 ga) arzonlashgan.

Mahalliy lyuks avtomobillar narxi. 
- "Equinox": ko'p foydalanilgani 1,1%ga ($27 300 dan $27 000 ga) arzonlagan bo'lsa, o'rtacha foydalanilgani esa 3,2%ga ($31 000 dan $32 000 ga) qimmatlashdi. 
- "Malibu": kam foydalanilgani 0,7%ga ($31 907 dan $31 682 ga) arzonlashgan bo'lsa, o'rtacha foydalanilgani deyarli o'zgarishsiz ($29 000 dan $29 070 ga) qolgan. 
- "Tracker": ko'p foydalanilgani 1,1%ga ($16 984 dan $16 800 ga) tushgan bo'lsa, kam va o'rtacha foydalanilgani narxlarida o'zgarish kuzatilmagan. 

Elektromobillar narxi: Mazkur davrda BYD E2 narx jihatidan mahalliy ommabop avtomobillarga jiddiy raqobatchiga aylangan bo'lsa, yangi BYD Song Plus avtomobillari narxlari sezilarli arzonladi. 
- BYD "E2": yangi - 1,8%ga ($16 800 dan $16 500 ga), ko'p foydalanilgan - 2,0%ga ($14 800 dan $14 500 ga);
- BYD "Han": yangi - 0,5%ga ($32 150 dan $32 000 ga), o'rtacha foydalanilgan - 4,4%ga ($36 500 dan $34 900 ga);
- BYD "Song Plus DM-i Champion": yangi - 1,7%ga ($29 000 dan $28 500 ga), o'rtacha foydalanilgan - 0,2%ga ($27 050 dan $27 000 ga), ko'p foydalanilgan - 0,6%ga ($24 650 dan $24 500 ga);
- BYD "Song Plus EV Champion": yangi - 1,1%ga ($28 000 dan $27 700 ga);
- BYD "Yuan Up": yangi - 1,4%ga ($20 800 dan $20 514 ga) arzonlagan.

Xorijiy avtomobillar narxi. 
- Kia "Sorento": o'rtacha foydalanilgani 1,3%ga ($40 000 dan $39 500 ga) arzonlagan bo'lsa, ko'p foydalanilgani 1,3%ga ($40 000 dan $39 500 ga) qimmatlashdi.
- Kia "Sportage": o'rtacha foydalanilgani 2,3%ga ($31 590 dan $30 850 ga), ko'p foydalanilgani 4,6%ga ($29 733 dan $28 363 ga) arzonlagan.
- Kia K5: o'rtacha foydalanilgani 1,3%ga ($27 549 dan $27 200 ga), ko'p foydalanilgani 1,9%ga ($26 500 dan $26 000 ga) tushgan.

Avtomobillar bosib o‘tgan masofasi hamda ishlab chiqarilgan yiliga ko‘ra, quyidagi guruhlarga ajratib olindi:
“Kam foydalanilgan” - 2024-yilda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 20 000 km. gacha bo‘lgan avtomobillar hamda 2025-yilda ishlab chiqarilgan barcha avtomobillar;
“O‘rtacha foydalanilgan” - 2024-yilda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 20 000 km. dan 50 000 km. gacha bo‘lgan avtomobillar, shuningdek, 2022-2023 yillarda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 40 000 km. gacha bo‘lgan avtomobillar;
“Ko‘p foydalanilgan” - 2024-yilda ishlab chiqarilgan va bosib o‘tgan masofasi 50 000 km. dan ko‘p bo‘lgan avtomobillar, 2022-2023 yillarda ishlab chiqarilgan hamda 40 000 km. dan ortiq masofani bosib o‘tgan avtomobillar hamda 2021-yilda ishlab chiqarilgan barcha avtomobillar.

Narxlarni tahlil qilishda ma’lumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) orqali to‘plandi. Bunda ishlab chiqarilgan yili 2021-yildan yuqori bo'lgan avtomobillarning yanvar oyi uchun 20,2 mingta, fevral oyi uchun 18,5 mingta ma’lumotidan foydalanildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling