Valyuta kurslari 10/01/2025
$1 – 12940.44
UZS – -0,17%
€1 – 13336.42
UZS – -0,31%
₽1 – 126.85
UZS – 2,56%
Qidirish
O‘zbekiston 11/01/2025 Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga 15 trln so‘mlik ijtimoiy nafaqalar to‘landi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga 15 trln so‘mlik ijtimoiy nafaqalar to‘landi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yilda jami 14 962,7 mlrd so‘mlik ijtimoiy nafaqalar orqali 2,6 mln benefitsiarlar (2 mlnga yaqin oilalar hamda 600 mingdan ortiq shaxslar) ijtimoiy himoya tizimi bilan qamrab olindi. Bu haqda O‘zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

1 269,8 ming kam ta’minlangan oilalarga - 7 379,4 mlrd so‘mlik bolalar nafaqasi va moddiy yordam ajratildi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlari ayrim hududlarida yashovchi 37,3 ming oilaga – 17,9 mlrd so‘mlik bir martalik moddiy yordam oldi. 155,1 ming oilaga – yaqin qarindoshlari vafot etishi sababli 241,6 mlrd so‘m dafn marosimlari uchun yordam ajratildi. 437,5 ming oilaga farzand tug‘ilishi munosabati bilan – 311,8 mlrd so‘mlik moddiy yordam berildi.

6 686,6 mlrd so‘mlik ijtimoiy nafaqalar orqali ish stajiga ega bo‘lmagan va mehnatga layoqatsiz – 696,8 ming shaxslar qamrab olindi:

307,7 ming shaxs nogironlik nafaqasi;

167,1 ming 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nogironlik nafaqasi;

84,6 ming keksaga yoshga doir nafaqa;

74,5 ming parvarishlash bilan band bo‘lganlarga parvarish nafaqasi;

55,9 ming oilaga boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi.

Shuningdek, 2024 yil may oyidan boshlab 7,3 ming o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksa fuqarolar uchun - 34,2 mlrd so‘mlik moddiy yordamlar to‘lab berildi.

Energotariflar islohotlarining kam ta’minlangan oilalarga ta’sirini kamaytirish maqsadida 1,1 mln oilaga 291,3 mlrd so‘mlik moddiy yordamlar va bazaviy miqdordan oshgan qismi uchun 0,5 mlrd so‘mlik kompensatsiyalar to‘lab berildi.

Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lab berish bo‘yicha arizani elektron shaklda yuborish imkoni yaratilishi orqali 77 mingga yaqin oilalarga birinchi marta nafaqalar tayinlandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling