Valyuta kurslari 20/08/2025
$1 – 12524.92
UZS – 0,22%
€1 – 14630.36
UZS – 0,22%
₽1 – 155.96
UZS – 0,16%
Qidirish
O‘zbekiston 19/08/2025 Ijtimoiy himoya milliy agentligi va UNFPA o‘rtasida 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasi imzolandi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi va UNFPA o‘rtasida 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan harakatlar rejasi imzolandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 19-avgust kuni Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Nigina Abaszada bilan uchrashdi.

Tomonlar gender asosidagi zo‘ravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashish, ayollar va va qizlarni, jumladan nogironligi bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, mutaxassislarning kasbiy salohiyatini kuchaytirish, shuningdek, oilani rejalashtirish va ayollar huquqlarini himoya qilish sohasida xabardorlikni oshirishga oid keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar rejasi imzolandi. U innovatsion yondashuvlarni joriy etish, inklyuziv amaliyotlarni rivojlantirish va ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirishni ko‘zda tutadi.

Erishilgan kelishuvlar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari manfaatlarini himoya qilish, gumanitar sohadagi hamkorlikni kengaytirishning yangi istiqbollarini ochmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling