Hunnu Air aviakompaniyasi Ulan-Bator-Toshkent yo‘nalishini ishga tushirishni rejalashtirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turizm qo‘mitasida Mog‘ulistonning “Hunnu air” aviakompaniyasi direktori Turbold Tserenku bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida “Hunnu air” aviakompaniyasi tomonidan Ulan-Batordan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tashkil etish rejasini inobatga olgan holda O‘zbekiston va Mo‘g‘iliston o‘rtasida sayyohlar oqimini oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar 2024-yil 24-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Mo‘g‘uliston Hukumati o‘rtasida turizm sohasida hamkorlik to‘g‘risida” bitim ijrosini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi.