Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Hindistonning «TIL Healthcare» farmatsevtika kompaniyasining delegatsiyasi bilan uchrashdi. Tomonlar birgalikda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish va ularni uchinchi mamlakatlarga eksport qilish bo‘yicha sheriklik imkoniyatlarini muhokama qildi, deb xabar beradi «Dunyo» IA.
Uchrashuvda «Tashkent Pharma Park»ning imkoniyatlari va xorijiy investorlar uchun beriladigan imtiyozlar taqdim etildi. 50 dan ortiq mamlakatga mahsulot eksport qiluvchi «TIL Healthcare» O‘zbekiston farmatsevtika sohasidagi islohotlarni yuqori baholadi.
Kompaniya allaqachon mahalliy hamkorlar bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.