Valyuta kurslari 09/01/2025
$1 – 12962.98
UZS – 0,11%
€1 – 13377.80
UZS – -0,92%
₽1 – 123.68
UZS – 2,21%
Qidirish
Iqtisod 08/01/2025 Hindiston kompaniyalari O‘zbekistonga 10 million dollar sarmoya kiritdi

Hindiston kompaniyalari O‘zbekistonga 10 million dollar sarmoya kiritdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zcharmsanoat” uyushmasi va Hindistonning “BMI”, “GVANTGE” kompaniyalari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhim iqtisodiy loyiha muhokama qilindi.

Ushbu loyiha, yirik shoxli qoramol suyagini qayta ishlash orqali oziq-ovqat va farmatsevtika sanoati uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni maqsad qiladi. Loyihaning umumiy qiymati 10 million dollar deya baholanmoqda.

Muloqotda loyihani amalga oshirishning tashkiliy va iqtisodiy ahamiyat muhokama etildi. Hind kompaniyasi mamlakatimizda amalga oshirishni rejalashtirgan loyiha o‘z ichiga, koramol suyagi va boshqa organik xom ashyolardan yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni qamrab oladi.

Hozirgi kunda, qoramol suyagining qayta ishlanishi ko‘plab mamlakatlarda iqtisodiy va ekologik — yo‘nalishda foyda keltirmoqda. Bu loyiha, shubhasiz, O‘zbekiston uchun yangi eksport imkoniyatlarini yaratish, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish uchun muvaffaqiyatli model bo‘lishi mumkin.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling