Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qatardagi elchixonamiz mas’ullaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Dohada yana bir yirik ish beruvchi kompaniya rahbari Muhammad Al-Suvaydiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Navbatdagi yangi hamkor Qatardagi eng yirik tibbiyot muassasasi "Hamad Medical Corparation" bo‘lib, mamlakatda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning 90 foizi ushbu muassasa hissasiga to‘g‘ri keladi.
Muloqotda, bugungi kunda Qatarda umumiy hisobda 12 ming hamshira mavjud bo‘lsa, shundan atiga 70 nafari qatarliklar, qolgani chet elliklar ekani ta’kidlandi.
Uchrashuvda "Hamad" tibbiyot muassasasi va Migratsiya agentligi o‘rtasida hamkorlikka kelishib olindi.
Hamkorlar yiliga 1000 nafar hamshiraga ehtiyoji borligini bildirgan bo‘lsa, O‘zbekiston tomoni mamlakatimizda ish beruvchi talabi asosida maqsadli tayyorlashga barcha sharoitlarni yaratishini ta’kidladi.