Valyuta kurslari 02/04/2025
$1 – 12925.20
UZS – -0,09%
€1 – 13982.48
UZS – 0,32%
₽1 – 152.58
UZS – -1,27%
Qidirish
Sport 29/03/2025 Gvardiola Xusanov haqida: «U juda tezkor va ishtiyoq bilan o‘ynaydi»

Gvardiola Xusanov haqida: «U juda tezkor va ishtiyoq bilan o‘ynaydi»

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — «Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola himoyachi Abdukodir Xusanovning o‘yinini yuksak baholab, uning ingliz tilini bilish masalasiga ham to‘xtaldi. The Times nashri klubning qishki yangi futbolchilari haqidagi maqolasida murabbiyning fikrlarini keltirdi.

«U bu qadar ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini kutmagandi, lekin himoya chizig‘imizda ko‘plab jarohatlar bor edi», — dedi Gvardiola.

Murabbiy Xusanovning o‘ziga xos jihatlarini alohida taʼkidladi: «U juda tezkor va uning o‘yinida ishtiyoq seziladi.

Bu uning yuzida aks etadi — u ingliz tilida o‘z his-tuyg‘ularini har doim so‘z bilan ifodalay olmasligi mumkin, lekin harakatlari orqali ularni ko‘rsata oladi.

Jamoada qisqa muddat bo‘lishiga va tayyorgarligi kam bo‘lishiga qaramay, u allaqachon katta hissa qo‘shdi».

Gvardiola yana bir bor ingliz tilini o‘rganish muhimligini taʼkidlab, uni futbolchi uchun «juda muhim» deb atadi.

Joriy mavsumda Xusanov «Manchester Siti» tarkibida sakkizta o‘yin o‘tkazib, 639 daqiqa maydonda bo‘ldi va bir gol urdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling