Valyuta kurslari 23/05/2025
$1 – 12904.51
UZS – -0,26%
€1 – 14575.64
UZS – -0,61%
₽1 – 161.99
UZS – 0,55%
Qidirish
Iqtisod 22/05/2025 Gruziya delegatsiyasiga "Yangi Toshkent" loyihasi taqdimot qilindi

Gruziya delegatsiyasiga "Yangi Toshkent" loyihasi taqdimot qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyatida Gruziyadan tashrif buyurgan ishbilarmonlar delegatsiyasiga "Yangi Toshkent" — yangi maʼmuriy va shaharsozlik markazi loyihasi taqdim etildi.

Taqdimot doirasida delegatsiya aʼzolariga yangi shahar konsepsiyasi, uning strategik ahamiyati, ekologik va innovatsion yechimlari hamda xalqaro standartlarga javob beradigan infratuzilmasi haqida batafsil maʼlumot berildi.

Gruziyalik mehmonlar loyihaning shaharsozlik va arxitektura sohalaridagi zamonaviy yondashuvlarini yuqori baholab, bunday loyihalarning mintaqaviy rivojlanishdagi o‘rni va ahamiyatini taʼkidladilar.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘zaro tajriba almashish, shaharsozlik sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling