Valyuta kurslari 03/07/2025
$1 – 12591.71
UZS – -0,67%
€1 – 14821.70
UZS – -1,03%
₽1 – 160.18
UZS – -0,85%
Qidirish
O‘zbekiston 02/07/2025 Grozniy va Buxoro shaharlari birodar shaharlar deb eʼlon qilindi

Grozniy va Buxoro shaharlari birodar shaharlar deb eʼlon qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Checheniston Respublikasining Grozniy shahri va O‘zbekistonning tarixiy Buxoro shahri rasman birodar shaharlar maqomini oldi. Imzolangan kelishuv diniy taʼlim, yoshlar siyosati, madaniyat va turizm sohalarida hamkorlikni qamrab oladi.

Hujjat videokonferensiya formatida imzolandi. Grozniy shahar hokimi Xas-Magomed Qodirov TASS axborot agentligiga bergan izohida mazkur voqeaning ramziy ahamiyatini taʼkidladi:

«Bu — katta shon-shuhratga ega bo‘lgan Buxoro shahri bilan birodarlik munosabatlari o‘rnatilishida Grozniy uchun muhim qadam. Ishonamanki, ushbu kelishuv tajriba almashish, qo‘shma madaniy tashabbuslar va yangi loyihalarni amalga oshirishda mustahkam poydevor bo‘ladi. Bu nafaqat iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni, balki xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlikni ham kuchaytiradi».

Shahar rahbari taʼkidlashicha, Grozniy bugunga qadar jahonning 23 ta shahri bilan sheriklik munosabatlarini o‘rnatgan. Jumladan, 2025 yil yanvar oyida Lugansk (LXR) va Abxaziya poytaxti Suxum shaharlari bilan ham birodarlik kelishuvlari imzolangan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling