Valyuta kurslari 15/08/2025
$1 – 12581.97
UZS – 0,67%
€1 – 14698.26
UZS – 0,27%
₽1 – 157.75
UZS – 0,61%
Qidirish
Iqtisod 15/08/2025 Gonkong delegatsiyasi Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurib, viloyatning sarmoyaviy salohiyati bilan tanishdi

Gonkong delegatsiyasi Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurib, viloyatning sarmoyaviy salohiyati bilan tanishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Surxondaryo viloyatiga kelgan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy hududi hamda “Harvest Epoch Strategic (International) Investment Limited”, “JDB Group Limited”, “SRK Consulting” kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetiga tashrif buyurdi.

Mehmonlar Surxon geologiya muzeyi faoliyati bilan tanishib, vohaning boy tabiiy resurslari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Tashrif doirasida o‘tkazilgan taqdimotda viloyatning iqtisodiy salohiyati, foydali qazilmalar zahirasi, infratuzilma imkoniyatlari, investitsiya uchun istiqbolli loyiha takliflari taqdim etildi.

Ushbu uchrashuv universitetning ilmiy salohiyatini xalqaro hamkorlik orqali yanada mustahkamlash va yangi investitsiya loyihalari yordamida ta’lim hamda ilmiy infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qiladi. 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling