Valyuta kurslari 06/08/2025
$1 – 12524.89
UZS – -0,76%
€1 – 14456.23
UZS – -0,96%
₽1 – 156.54
UZS – -1,2%
Qidirish
Iqtisod 05/08/2025 Germaniyaning AMK Global GmbH kompaniyasi Toshkent viloyatida maishiy chiqindilarni qayta ishlashga sarmoya kiritadi

Germaniyaning AMK Global GmbH kompaniyasi Toshkent viloyatida maishiy chiqindilarni qayta ishlashga sarmoya kiritadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya Germaniya Federativ Respublikasining Frankfurt shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Germaniyaning yetakchi banklari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, investitsiyaviy hamkorlik bo‘yicha dastlabki muzokaralarni amalga oshirdi.

Jumladan, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tomonidan «AMK Global GmbH» moliyaviy kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. 2019-yilda tashkil etilgan kompaniya bosh ofisi Frankfurt shahrida joylashgan bo‘lib, MDH davlatlarida bir qator yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

«AMK Global GmbH» kompaniyasi qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida xizmatlar ko‘rsatadi, boshqaruv va operatsion tizimlar bilan bir qatorda konsalting, ekspertiza, logistika yo‘nalishlarida ham faoliyat yuritadi. Ayniqsa, chiqindilarni qayta ishlash va qimmatbaho materiallarni qayta tiklash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan.

Uchrashuvda Toshkent viloyatida Germaniya va Yevropa innovatsion texnologiyalaridan foydalangan holda maishiy chiqindilarni qayta ishlash zavodi qurish bo‘yicha investitsion loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Loyihaga ko‘ra, yangi zavod kuniga kamida 500 tonna maishiy chiqindini qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ladi. Bu esa viloyatda qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish, saralash, qayta ishlash va utilizatsiya qilish bo‘yicha samarali va ekologik xavfsiz tizimni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

Mazkur tashabbus viloyatda ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashash muhitini yaxshilash hamda innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling