Valyuta kurslari 18/04/2025
$1 – 12964.43
UZS – -0,23%
€1 – 14744.45
UZS – -0,12%
₽1 – 158.28
UZS – 0,38%
Qidirish
Iqtisod 16/03/2025 Geologiya vaziri investitsiyalarni muhokama qilish uchun ADQ vakili bilan uchrashdi

Geologiya vaziri investitsiyalarni muhokama qilish uchun ADQ vakili bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 14-mart kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B. Islamov ADQ kompaniyasi (BAA) katta ijrochi direktori Roderik Maters bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda so‘nggi yillarda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasiga qaratilayotgan e’tibor, sohadagi o‘zgarishlar, “Yer qa’ri to‘g‘risidagi” yangi tahrirdagi qonun, investorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, sanoat uchun muhim minerallarga istiqbolli maydonlarni hamkorlikda o‘zlashtirish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling