Valyuta kurslari 06/01/2025
$1 – 12942.01
UZS – 0,21%
€1 – 13341.92
UZS – 0,38%
₽1 – 117.12
UZS – 1,57%
Qidirish
O‘zbekiston 03/01/2025 G‘ayrat Do‘stovni hibsga olish muddati 15 kundan 8 sutkaga qisqartirildi

G‘ayrat Do‘stovni hibsga olish muddati 15 kundan 8 sutkaga qisqartirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudining 2024-yil 26-dekabrdagi qaroriga muvofiq 1978-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilgan G‘. Dustov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga 15 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan edi.

Bugun Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining apellyatsiya instansiyasida G‘. Dustovning advokatlari tomonidan birinchi instansiya sudining qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlari sudya F. Ergashev raisligida ko‘rib chiqildi.

Apellyatsiya sudida G‘. Dustovning mayda bezorilik sodir etgani tasdiqlanib, birinchi instansiya sudi tomonidan uning harakati to‘g‘ri kvalifikatsiya qilingan deb topildi.

Shuningdek, sud G‘. Dustov avval ham (1-yil mobaynida) aynan shu turdagi huquqbuzarligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilganligi sababli advokatlarning G‘. Dustovga yarashuvga bo‘lgan huquqini tushuntirmaganligi haqidagi vajlari bilan kelishmadi.

Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2025-yil 3-yanvardagi ajrimiga muvofiq G‘. Dustovga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudi tomonidan chiqarilgan qaror o‘zgartirilib, huquqbuzarning pushaymonligi, sog‘lig‘i hamda mahalla yettiligining unga yengillik berishni so‘rab kafillik bildirilganligi inobatga olingan holda unga tayinlangan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi 8 sutka ma’muriy qamoq jazosiga keltirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling