Valyuta kurslari 20/12/2024
$1 – 12875.06
UZS – 0,1%
€1 – 13406.80
UZS – -0,67%
₽1 – 124.75
UZS – -0,57%
Qidirish
Iqtisod 08/12/2024 “Gürok Holding” kompaniyasi bilan zargarlik sohasini rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi

“Gürok Holding” kompaniyasi bilan zargarlik sohasini rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 6-dekabr kuni Turkiyaning Kutahya shahri savdo-sanoat palatasi raisi, “Gürok Holding” kompaniyasi vitse-prezidenti Esin Gyural Argat hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “Gürok Holding” kompaniyasi biznesni rivojlantirish direktori Omer Alagoz, “GCA Glass Packaging” kompaniyasining bosh direktori Abdulla Gayret hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov, “O‘zzargarsanoat” assotsiatsiyasi raisi Shoxrux To‘ychiboyev va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Ma'lumot uchun: Turkiyaning Kütahya shahrida joylashgan Gürok Holding, shisha ishlab chiqarish, zargarlik, turizm, qurilish va tez aylanuvchi iste’mol mollari kabi turli sohalarda faoliyat yurituvchi nufuzli Turk kompaniyasidir. 1948-yilda tashkil etilgan bu kompaniya sezilarli darajada rivojlanib, 2024-yilga kelib 4000 dan ortiq kishini ish bilan ta’minlamoqda.

Muhokamalar davomida tomonlar O‘zbekistonda zargarlik sanoatini rivojlantirish, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishda yangi texnologiyalarni tatbiq etish, xalqaro standartlarga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarish hamda ushbu sohada yangi loyihalarni ishlab chiqish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, muhokamalar davomida tomonlar zargarlik sohasida yuqori raqobat muhitida aniq maqsad va natijalarga asoslangan loyihalarni shakllantirish hamda xalqaro bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, resurslarni to‘g‘ri va samarali taqsimlash, sohada jahonning ilg‘or va muvaffaqiyatli tajribalaridan foydalanish yuzasidan fikr almashdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va samarali faoliyat olib borishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling