Fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasi yanada oshiriladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qonun (O‘RQ-1047-son, 11.03.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonunga ko‘ra, Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeks va Maʼmuriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeks aholining sud muhokamalarida masofadan ishtirok etishining huquqiy asoslari yaratilishini nazarda tutuvchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Bunda:
Videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etayotgan guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlarga o‘z huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi tushuntirilganligi, ularning guvohlik berishga qasamyod qilgani videyozuv orqali qayd etiladi va bu haqda sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatiladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning videokonferensaloqa rejimidagi sud majlisida ishtirok etishi imkoniyatini yaratish ular yashaydigan joy yoki ish joyi bo‘yicha tegishli sudlarning videokonferensaloqa tizimlaridan yoki ishni ko‘rayotgan sudning mobil videokonferensaloqa tizimidan foydalanilgan holda taʼminlanadi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.