Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
O‘zbekiston 12/02/2025 Fuqarolar yig‘ini raislarining vakolat muddati 5 yilga uzaytirildi

Fuqarolar yig‘ini raislarining vakolat muddati 5 yilga uzaytirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Prezident Shavkat Mirziyoyev bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonunga imzo chekdi.

Qonunga ko‘ra “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi va “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi qonunlariga fuqarolar yig‘ini raisi vakolatlari muddati 3 yildan 5 yilga uzaytirilishini, bo‘shab qolgan o‘rinlarga fuqarolar yig‘inlari raislarining 5 yil muddatga saylanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, fuqarolar yig‘inlari raislari saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalarining vakolatlari aniqlashtirildi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Qonun amalga kiritilguniga qadar saylangan fuqarolar yig‘inlari raislari o‘z vakolatlarini ular saylangan 3 yillik muddat tugaguniga qadar amalga oshiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling