Valyuta kurslari 20/12/2024
$1 – 12875.06
UZS – 0,1%
€1 – 13406.80
UZS – -0,67%
₽1 – 124.75
UZS – -0,57%
Qidirish
Iqtisod 14/12/2024 Frankfurt shahrida O‘zbekiston-Germaniya biznes forumi bo‘lib o‘tdi

Frankfurt shahrida O‘zbekiston-Germaniya biznes forumi bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 12-dekabr kuni Germaniya Federativ Respublikasining Frankfurt shahrida ikki mamlakat to‘qimachilik, oziq-ovqat hamda qurilish sohalarida faoliyat yurituvchi ishbilarmonlar ishtirokida O‘zbekiston-Germaniya biznes forumi hamda V2V formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi hamda "MUSIAD Hessen e.V" uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

MUSIAD — mustaqil sanoatchilar va ishbilarmonlar uyushmasi bo‘lib, uning 12 000 dan ortiq a’zolari mavjud. MUSIADning Germaniyada 10 ta, Yevropa bo‘ylab 22 ta, butun dunyo bo‘ylab 168 ta vakolatxonasi mavjud. Tashkilot Turkiya eksportining 25 foizini amalga oshiradi.

Forumda Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Olimjon Abdullayev, Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov hamda "MUSIAD Hessen e.V" rahbari Muxsin Kidik o‘z nutqlari bilan ishtirok etdilar.

Tadbir davomida mamlakatimizning investitsion salohiyati hamda tadbirkorlikning keng istiqbollari bo‘yicha taqdimotlar namoyish etildi. Shuningdek, forum davomida ikki davlat o‘rtasida olib borilayotgan islohotlar hamda erishilgan kelishuvlar natijalari bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda Germaniya sarmoyasi ishtirokida 221 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda: 114 ta100 foiz Germaniya kapitali ishtirokida va 107 ta qo‘shma korxonalar hisoblanadi.

Forum yakunlari bo‘yicha, O‘zbekiston hamda Germaniya ishbilarmonlari o‘rtasida V2V formatidagi uchrashuvlar tashkil etilib, ishtirokchilar o‘zaro manfaatli savdo shartnomalarini tuzish borasidagi masalalarni atroflicha ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling