Valyuta kurslari 03/07/2025
$1 – 12591.71
UZS – -0,67%
€1 – 14821.70
UZS – -1,03%
₽1 – 160.18
UZS – -0,85%
Qidirish
Iqtisod 02/07/2025 “Fitch Rating” “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ reytingini barqaror prognoz bilan “BB-”dan “BB” darajasiga ko‘tardi

“Fitch Rating” “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ reytingini barqaror prognoz bilan “BB-”dan “BB” darajasiga ko‘tardi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qayt etish lozimki, joriy yilning 26 iyun kuni “Fitch Rating” xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston kredit reytingini “BB-” dan “BB” darajasiga oshirdi va “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining ham xalqaro kredit reytingini “BB” darajada deb baholadi.

Bu 2018-yildan beri kuzatilayotgan birinchi o‘sish holatidir. “Fitch Rating” hisobotida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ iqtisodiy barqarorlikni saqlash yo‘lidagi yutuqlar alohida eʼtirof etilgan.

“Fitch Rating” xalqaro reyting agentligi tomonidan 26 iyun kuni O‘zbekiston suveren kredit reytingiga bag‘ishlangan navbatdagi hisobot eʼlon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston suveren kredit reytingi bahosi 2018 yildan beri ilk bora
“BB-“dan bir pog‘ona yuqoriga, “BB” darajasiga oshirildi va reyting kutilmasi barqaror darajada deb tasdiqlandi.

Shunga ko‘ra, 1 iyul sanasida “Fitch Rating” xalqaro reyting agentligi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ xalqaro indikativ reytingini ham “BB“ darajada deb baholadi va O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingiga teng darajada deb eʼlon qildi.

Shuningdek, mazkur reyting, “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining jahon investitsiya bozorlarida aniq va ravshan biznes strategiyasiga, shaffof moliyaviy holatga hamda kuchli korporativ boshqaruv tizimiga ega korxona pozitsiyasini saqlab qoladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling