Valyuta kurslari 30/04/2025
$1 – 12933.16
UZS – -0,12%
€1 – 14719.23
UZS – 0,16%
₽1 – 158.28
UZS – 0,86%
Qidirish
Iqtisod 24/03/2025 Fitch 2025 yil uchun global iqtisodiy o'sish prognozini 2,3 foizgacha pasaytirdi

Fitch 2025 yil uchun global iqtisodiy o'sish prognozini 2,3 foizgacha pasaytirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Fitch“ xalqaro reyting agentligi 2025-yilda jahon iqtisodiyoti o‘sish prognozini dekabr oyida kutilgan 2,6% dan 2,3% gacha pasaytirdi. 2026-yilda global YAIM o‘sishi 2,2% ni tashkil qilishi mumkin, deyiladi agentlik xabarida.

AQSh iqtisodiyoti joriy yilda avval prognoz qilingan 2,1% o‘rniga 1,7% ga o‘sadi, 2026-yilda esa oldin taxmin qilingan 1,7% o‘rniga 1,5% ga oshishi kutilmoqda, deya ta’kidlaydi tahlilchilar.

“Yangi AQSh hukumati global savdo urushini boshladi, bu esa jahon va Amerika iqtisodiyotining o‘sishini sekinlashtiradi, AQShdagi inflyatsiyani oshiradi hamda Federal rezerv tizimi (FZT) foiz stavkalarini pasaytirish sur’atlarini sustlashtiradi“, — deyiladi press-relizda.

Shu sababli “Fitch“ prognoziga ko‘ra, FZT keyingi stavka pasayishini 2025-yilning IV choragigacha kechiktiradi. 2026-yilda esa iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi sababli FZT stavkani uch marta pasaytirishi mumkin.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling