Valyuta kurslari 11/07/2025
$1 – 12634.34
UZS – -0,15%
€1 – 14821.34
UZS – -0,01%
₽1 – 162.37
UZS – 0,3%
Qidirish
Iqtisod 10/07/2025 "Fergana Exim Agro" MCHJ tomonidan Shvetsiyaga qovun eksport qilinmoqda

"Fergana Exim Agro" MCHJ tomonidan Shvetsiyaga qovun eksport qilinmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan “Fergana Exim Agro” MCHJ tomonidan meva-sabzavotlar va quritilgan mevalar dunyo bozorlariga muvaffaqiyatli eksport qilib kelinmoqda.

Jumladan, kompaniya tomonidan Shvetsiya bozoriga “Torpeda” va “Obi-novvot” navli qovunlar yetkazib berildi. Mamlakat poytaxti Stokgolmda ushbu qovunlar xaridorlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Sifati yuqori baholangan qovunlarga talab oshib, birinchi partiyadan so‘ng qo‘shimcha 20 tonna qovunga buyurtma berildi.

Kompaniya rahbari Yorqin Inomovga ko‘ra, Shvetsiya bozori o‘zbekistonlik qovun yetishtiruvchilar uchun istiqbolli yo‘nalishga aylanishi mumkin. Uning ta’kidlashicha, bunday eksportlar orqali o‘zbek qovuni Yevropada keng ommalashishi kutilmoqda.

“Fergana Exim Agro” bundan avval Yaponiyaga ham “Meyer limoni”ni muvaffaqiyatli eksport qilgan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling