Valyuta kurslari 24/07/2025
$1 – 12762.53
UZS – 0,46%
€1 – 14978.11
UZS – 0,72%
₽1 – 162.66
UZS – 0,14%
Qidirish
Iqtisod 23/07/2025 Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 22 iyul kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov va Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ufuk Ulutash o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tashrif doirasida "Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri texnoparki hududiga ekskursiya tashkil etildi. Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida farmatsevtika sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Turkiya investitsiyalarini farmatsevtika sohasiga yo‘naltirish, ilmiy-tadqiqot va akademik aloqalarni kuchaytirish, mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish, halol farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlash sohasida hamkorlik o‘rnatish, shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Turkiya va boshqa mamlakatlar bozorlariga chiqarish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar mazkur yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish hamda tegishli idoralar orqali amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling