Valyuta kurslari 05/12/2024
$1 – 12813.04
UZS – -0,1%
€1 – 13457.54
UZS – -0,27%
₽1 – 122.60
UZS – 1,34%
Qidirish
O‘zbekiston 03/12/2024 Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida USAID vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida USAID vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazida, muassasa direktori Alisher Temirov, USAID - AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining Sog‘liqni saqlash ofisi yangi direktori Tara Milani bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash sohasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Alisher Temirov Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining asosiy vazifalari, erishilgan yutuqlar va USAID bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalar haqida ma’lumot berdi.

Tara Milani USAIDning O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan sa’y - harakatlari, xususan, farmatsevtika sohasini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan tashabbuslari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, u kelgusidagi hamkorlik istiqbollari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ta’kidlash joizki, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va USAID o‘rtasidagi hamkorlik yurtimizda farmatsevtika mahsulotlarining xavfsizligi va sifati bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling