Farg‘onadan Urumchiga aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Xitoy shaharlari o‘rtasida aviaqatnovlar kengaytirilayotgan bo‘lib, yana bir yangi Farg‘ona-Urumchi-Farg‘ona yo‘nalishida aviaparvoz yo‘lga qo‘yilmoqda.
Xitoy Xalq Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi bugun Urumchi shahrida yangi aviaqatnovga tantanali start berish marosimida ishtirok etdi.
Mazkur aviaparvoz ikki hududni bog‘lash, savdo, iqtisodiy-investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, turizm yo‘nalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Parvozlar 18-aprel kunidan boshlab amalga oshiriladi.