Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 17 dekabr soat 13:45 larda Farg‘ona shahar, Yangiyo‘l mahallasidagi “Petrolium” propan gaz quyish shoxobchasida 5 m. kub sig‘imli konteynerga gaz quyish jarayonida yoriq kelib chiqib, gaz moddasi tashqariga sizib chiqishi oqibatida, portlash va yong‘in sodir bo‘lgan.
Yong‘inga yong‘in-qutqaruvchilar 13:47 da yetib borib, 14:02 da o‘rab olinib, 14:12 da yong‘in batamom o‘chirilgan.
Yong’in natijasida 1 nafar fuqaro vafot etgan, 4 nafar fuqaro tan jarohati olgan, 8 nafar fuqarolar tibbiyot xodimlari nazoratida.
Farg’ona viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlar, hokimlik, mutasaddi vazirlik va idoralarning mas'ul rahbarlari zudlik bilan voqea joyiga chiqqan holda yong’in oqibatlarini bartaraf etish ishlari tashkil etildi.