Valyuta kurslari 18/07/2025
$1 – 12658.19
UZS – -0,79%
€1 – 14672.11
UZS – -1,0%
₽1 – 161.44
UZS – -1,16%
Qidirish
Iqtisod 18/07/2025 “Farg‘onaazot” AJ bozorda ustun mavqega korxona maqomini yo‘qotdi

“Farg‘onaazot” AJ bozorda ustun mavqega korxona maqomini yo‘qotdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 1 maydagi 256-sonli qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, agar xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining bozordagi ulushi 40 foizni va undan ortiqni tashkil etsa ustun mavqega ega deb eʼtirof etilishi belgilangan.

Bugungi kunda, “Farg‘onaazot” AJning karbamid ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha bozordagi ulushi 40 foizdan kamni tashkil etganligi munosabati bilan Qo‘mita tomonidan ustun mavqeini yo‘qotganligi eʼtirof etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling