Valyuta kurslari 01/08/2025
$1 – 12692.42
UZS – 0,8%
€1 – 14511.24
UZS – -0,24%
₽1 – 158.44
UZS – 3,0%
Qidirish
O‘zbekiston 01/08/2025 Farg‘ona xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga yangi qulayliklar yaratildi

Farg‘ona xalqaro aeroportida yo‘lovchilarga yangi qulayliklar yaratildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona xalqaro aeroportida yangi qurib bitkazilgan uchib ketish zali foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tgan tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshid Ahmedov, tegishli soha xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ramziy tasma qirqilib, mehmonlar binolardagi mavjud shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Ayni paytgacha bu yerda soatiga 200–220 nafar uchib ketuvchiga xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, yangi binoning qurilishi natijasida soatiga 550–600 nafar yo‘lovchilarga, ya’ni bir vaqtning o‘zida uchta xalqaro aviaqatnovlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi.

Yangi qurilgan uchib ketish zali zamonaviy ko‘rinishda  bo‘lib, barcha qulayliklarga ega. 

Binoning ikkinchi qavatida esa kafeteriy va dam olish zonasi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Kelgusida “Duty free” do‘konlarini ochish ko‘zda tutilgan.

Mazkur yangi uchib ketish zaliga 10 mlrd 237 mln so‘m miqdorida mablag‘ sarflandi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona xalqaro aeroporti 1938-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2009-yildan buyon bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish, texnik jihozlarni modernizatsiya qilish va qayta jihozlash ishlari olib borilishi natijasida bugungi kunda zamon talablari darjasida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatilib kelinmoqda.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling