Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 17-dekabr soat 13:45 larda Farg‘ona shahar, Yangiyo‘l mahallasidagi “Petrolium” propan gaz quyish shoxobchasida 5 m. kub sig‘imli konteynerga gaz quyish jarayonida yoriq kelib chiqib, gaz moddasi tashqariga sizib chiqishi oqibatida, portlash va yong‘in sodir bo‘lgan.
Yong‘inga yong‘in-qutqaruvchilar 13:47 da yetib borib, 14:02 da o‘rab olinib, 14:12 da yong‘in batamom o‘chirilgan.
Viloyat IIB bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 1 nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan, shu hududda bo‘lgan bir nechta fuqarolar turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan ulardan 3 nafari shifoxonada vafot etgan.Tergov doirasida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda hodisaga aloqador besh kishi protsessual qamoqqa olingan. Holat yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.