Valyuta kurslari 27/12/2024
$1 – 12920.48
UZS – -0,06%
€1 – 13436.01
UZS – -0,19%
₽1 – 130.17
UZS – 0,39%
Qidirish
O‘zbekiston 20/12/2024 Farg‘ona viloyati hokimi gaz quyish shoxobchasida vafot etganlar oilasidan xabar olib kerakli yordamlarni ko‘rsatgani ma’lum bo‘ldi

Farg‘ona viloyati hokimi gaz quyish shoxobchasida vafot etganlar oilasidan xabar olib kerakli yordamlarni ko‘rsatgani ma’lum bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona24 ga viloyat hokimligida ishlovchi mansabdorning ma’lum qilishicha, viloyat hokimi shaxsan halok bo‘lganlar oilasiga tashrif buyurib ular bilan suhbatlashgan hamda hamdardlik bildirgan. Janozada ham qatnashgan. 4 nafar oila vakillariga yordam pullari ko‘rsatilgan.

Sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbariyati bilan jurnalistik so‘rov o‘tkazganimizda ular quyidagi ma’lumotlarni Fargona24 tahririyatiga taqdim etdi. Natijada qolgan barcha xabarlar assosiz ekanligi yuzaga chiqdi.

Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga ko‘ra:

2024-yil 17-dekabr kuni soat 14:00 atrofida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialiga Farg‘ona shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan o‘t chaqnashi oqibatida jarohat olgan 13 nafar fuqaro olib kelingan. Ulardan 1 nafari o‘lik holatda keltirilgan va uni sud-tibbiy ekspertizaga yo‘naltirilgan.

2024-yil 17-dekabr soat 15:00 holatiga ko‘ra, 2 nafar bemor bolalar reanimatsiya bo‘limida davo choralari ko‘rilib, ularga “Alangadan keyingi tananing bosh, yuz, bo‘yin, ikkala qo‘l yelka, bilak, kaft, barmoq, ko‘krak, qorin, ikkala kurak, bel va ikkala oyoq son, boldir sohalarining II-III AB-darajali 90 foiz termik kuyishi, II-III-darajali yuqori nafas yo‘llarining termoingalyatsion jarohati, kuyish shoki o‘ta og‘ir darajasi, asistoliya” tashxisi qo‘yilgan. Umumiy ahvoli og‘ir bo‘lgan. Keyinchalik ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan ular vafot etgan.

Shu kuni neyroxirurgik reanimatsiya bo‘limiga 3 nafar bemor yotqizilgan. Ularga alangadan II-III AB darajali 70-90 foiz kuyish darajasi tashxisi qo‘yilgan. Bugungi kunda umumiy ahvoli o‘ta og‘ir. Mazkur bo‘limdagi 1 nafar ayolga reanimatsiya bo‘limida davo choralari ko‘rilib, unga kuyish tashxisi qo‘yilgan va ko‘rilgan reanimatsion chora-tadbirlarga qaramay soat 23:25da bemor vafot etgan va uni sud-tibbiy ekspertizaga yo‘naltirilgan.

4 nafar bemor kombustiologiya bo‘limida davolanmoqda. Ularga alangadan yuz, bo‘yin, ikkala qo‘l, bilak-kaft barmoq sohalarining II-III A va 20 foiz termik kuyish darajali tashxisi bilan kerakli davo muolajalarini olmoqda. Umumiy holati stabil, o‘rtacha og‘ir.

Yana 3 nafariga kuyishdan yengil jarohat olgani va ahvoli qoniqarli bo‘lgani sababli shifokorlar ko‘rigidan so‘ng uylariga javob berilgan.

Hozirda shifoxonada 6 nafar bemor poytaxtdan kelgan malakali mutaxassislar nazoratida davolanmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling