Valyuta kurslari 29/05/2025
$1 – 12831.13
UZS – -0,43%
€1 – 14542.80
UZS – -0,56%
₽1 – 161.07
UZS – 0,12%
Qidirish
Iqtisod 27/05/2025 Farg‘ona viloyati hokimi va Isroil elchisi mintaqadagi hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Farg‘ona viloyati hokimi va Isroil elchisi mintaqadagi hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov viloyatimizda bo‘lib turgan Isroilning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Gideon Lustigni qabul qildi.

Uchrashuvda taʼlim, tibbiyot, turizm, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish, suv tejamkor texnologiyalar, asalarichilik va eksport sohalarida hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.

Ikki tomonlama manfaatli munosabatlarni rivojlantirish maqsadida mavjud imkoniyatlar ko‘rib chiqildi. Isroil davlati elchisi tashrif davomida Farg‘ona viloyatida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlari bilan tanishganini va katta taassurotlarga ega bo‘lganini taʼkidladi.

Xususan, Farg‘ona shahridagi Ekoshahar — “Yangi O‘zbekiston” massividagi yaratuvchanlik ishlari, sanoat zonasi va yangi loyihalarga yuqori baho berdi. Muloqot chog‘ida hududlararo hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi. Bildirilgan takliflar asosida kelgusida yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling