Valyuta kurslari 30/07/2025
$1 – 12500.01
UZS – -0,11%
€1 – 14471.26
UZS – -0,89%
₽1 – 151.96
UZS – -2,85%
Qidirish
Iqtisod 08/07/2025 Farg‘ona - Ulsan biznes - forumi tashkil etildi

Farg‘ona - Ulsan biznes - forumi tashkil etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona - Ulsan biznes-forumi tashkil etildi Farg‘ona shahridagi Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Farg‘ona-Ulsan biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Janubiy Koreyaning Ulsan metropoliten shahri meri Kim Du Gyom, ikki hudud rasmiylari va tadbirkorlari ishtirok etdi. Forumda so‘zga chiqqan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur tadbirning asosiy maqsadi viloyatning investitsion salohiyatini koreyalik tadbirkorlarga tanishtirish va ularni hamkorlikka jalb etish ekanligini taʼkidladi.

Shuningdek, amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, jumladan, Ulsan shahriga malakali mutaxassislar tayyorlash markazi loyihasiga alohida to‘xtalib o‘tdi. - Bugun hududlarning Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida ham hamkorlik boshlandi. Bu kelgusida ijobiy natijalar berishiga ishonamiz. Koreyalik tadbirkorlar bilan hamkorlikda Farg‘onada turli yo‘nalishlarda yirik loyihalarni amalga oshiramiz, - dedi viloyat hokimi.

Ulsan metropoliten shahri meri Kim Du Gyom esa ikki hudud o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari endilikda o‘zaro birodarlik shaklida, do‘stlik asosida yana-da rivojlanishi lozimligini taʼkidlab, buning uchun yetarlicha imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.

Tadbir doirasida Farg‘ona va Ulsan shaharlari hamda ularning investitsion salohiyatiga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish etildi. Ayni paytda ikki shahar ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida B2B uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.

Muzokaralar yakunida bir qator kelishuv va shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling